18:04 / 05.07.2021
2 033

Pochta jo‘natmasidagi apmulalarda nima yashirilgan edi


Barchamizga ma’lumki, pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalarini yurtimiz hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Lekin, ayrim shaxslar esa mazkur belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘z qing‘irliklarini amalga oshirishga urinmoqda.
 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Bosh-pochtamt” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Qozog‘iston davlatidan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga kelgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Natijada, pochta jo‘natmasida pochta deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, 4 ta konvalyutada jami 20 ta ampulada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan “Tramadol” nomli giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pochta jo‘natmasidagi apmulalarda nima yashirilgan edi