09:53 / 13.07.2021
1 747

Sirdaryoda 700 dan ortiq «Tropikamid» dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi «Tropikamid» dori vositasini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi «Tropikamid» dori vositasini 12 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona «Tropikamid» dori vositasini 30 million so‘mga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda 700 dan ortiq «Tropikamid» dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi