2 524
Toshkentda Spark ustida sherigini bog‘lab, TikTok’ka rolik suratga olgan blogerlar 10 sutkaga qamaldi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Spark ustida bir fuqaroning bog‘langan holda harakatlanayotgani tasvirlangan video tarqaldi. «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida ma’lum qilinishicha, qoidabuzar blogerlar javobgarlikka tortilgan.
Ma’lum qilinishicha, videodagi holat 1 iyul kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Unda bir fuqaroning Spark tomiga bog‘langan holda harakatlangani va uning yana ikki sherigi holatni videoga olgani tasvirlangan.
«Bu mening g‘oyam edi. Odamlar uchun ozgina qiziqroq bo‘lishi uchun qildik. Bu ishimdan afsusdaman», — deydi qoidabuzarlardan biri.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilib, ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125 va 183-moddalari (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, mayda bezorilik) bo‘yicha sudga taqdim etilgan. Sud esa qoidabuzar blogerlar nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BMHning uch baravari (735 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda