Foto: Global Look Press
Shvetsiyaning Umeo universiteti olimlari COVID-19 bilan kasallanishdan keyingi dastlabki ikki haftada yurak xuruji va ishemik insult xavfi sezilarli darajada oshishini aniqladi. Bu haqda Lancet jurnalidagi ilmiy maqolada aytilgan.
«Tadqiqotimizda biz COVID-19 ishemik insult va o‘tkir miokard infarkti uchun mustaqil xavf omili ekanini aniqladik», — deyiladi maqolada.
Hammasi bo‘lib 86 mingdan ortiq odam ishtirok etgan ushbu tadqiqot koronavirusning yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tadqiqotdir. Olimlar COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda miokard infarkti va insult kelib chiqishini 2020 yil 1 fevraldan 14 sentabrgacha nazorat guruhida bo‘lgan odamlarda (348 ming kishi) yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqishi bilan solishtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 kasallikdan keyingi dastlabki ikki haftada o‘tkir miokard infarkti va insult xavfini, taxminan, uch baravar oshirgan. Bunday hamroh kasalliklar yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgandan keyin ham saqlanib qolgan.
Ilgari Rossiyaning Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi bosh direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya kardiologiya jamiyati prezidenti Yevgeniy Shlyaxto ham koronavirus yurak-qon tomir tizimida asoratlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida aytgan. «Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar koronavirus tarqalishida eng zaif guruhdir, chunki ularda COVID-19’ning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlar qoldirishi xavfi yuqori bo‘lishi bilan birga yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari va rivojlanishi xavfi ortadi», — degan edi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi