15:28 / 07.09.2021
2 909

Rossiya telekanali O‘zbekistondagi bayramdan reportaj tayyorladi

Rossiya telekanali O‘zbekistondagi bayramdan reportaj tayyorladi
«Rossiya 24» telekanalining «Vesti nedeli» ko‘rsatuvida O‘zbekistonda shu kunlarda nishonlanayotgan Mustaqillik bayrami va mamlakat yutuqlariga bag‘ishlangan lavha uzatildi.

«Vesti» muxbiri Robert Fransev o‘z reportajida mustaqillikning 30 yillik to‘yi – bu o‘zbek xalqining butun tarixiy yo‘lini, kelajak sari ildam borayotgan kuchli, demokratik davlatni shakllantirish jarayonlarini eslash uchun imkoniyatdir, deb ta’kidladi. Lavhada zamonaviy qahramonlar misolida mamlakatning yangi tarixi qanday yozilayotgani haqida hikoya qilingan. Ulardan biri – Tokio Olimpiadasi g‘olibi, O‘zbekistonga oltin medal keltirgan sportchi Ulug‘bek Rashitov.

Lavhada Yangi O‘zbekiston bog‘ining tantanali ochilishiga, uning ramziy yodgorliklari va me’moriy inshootlariga alohida e’tibor qaratildi.

Telekanal muxbiri mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi haqida islohotlar va taraqqiyotning yetakchi kuchi sifatida alohida hikoya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya telekanali O‘zbekistondagi bayramdan reportaj tayyorladi