18:18 / 20.10.2021
820

Bu juda katta jasorat edi...

Bu juda katta jasorat edi...
«15 ta respublikani birlashtirib turgan Sobiq ittifoq tarkibida turib, o‘zbek tili to‘g‘risida gapirish, bu – juda katta jasorat edi...»
Kecha Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida aynan shu jumlalar bilan boshlangan davra suhbati juda qiziqarli va taassurotlarga boy o‘tdi.

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» mavzusida tashkil etilgan tadbirga Qurolli kuchlar akademiyasi Gumanitar fanlari kafedrasi sikli boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Komiljon Nasirov taklif qilindi.

Samimiy ruhda boshlangan muloqotda ko‘pni ko‘rgan, tajribali mutaxassis Markazning yosh xodimlariga o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar, o‘qigan va eshitgan rivoyatlari asosida O‘zbek tilining paydo bo‘lish tarixi, rivojlanishi, tilimiz qadri va unga hurmat tushunchalarini hayotiy misollar bilan yetkazdi.

Joriy yilda hukumatimiz tomonidan davlat idoralarining ish yurituvida davlat tilini qo‘llash masalasiga oid qator qarorlar qabul qilindi. Markaz xodimlariga ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, davlat tilining o‘ziga xos qirralari va maqsadlari ham tushuntirildi.

– «Til – millatning ruhi. Agar til bo‘lmasa, millat ham bo‘lmaydi. Masalan, e’tibor bersangiz, qaysidir mamlakatni kuchsizlantirishga urinish bo‘lsa, avval tilini yo‘qotishga harakatlar boshlanadi. Til yo‘q bo‘lsa, bu joydagi odamlar orasida ahillik, inoqlik yo‘qoladi degani...

1991 yil mustaqilligimiz e’lon qilingan bo‘lsa, undan 2 yil avval 15 ta respublikani birlashtirib turgan Sobiq ittifoq tarkibida turib, o‘zbek tili to‘g‘risida gapirish bu – juda katta jasorat edi», – deydi Komiljon Nasirov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Bu juda katta jasorat edi...