Foto: Prezident matbuot xizmati.
«Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–723-son, 21.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi bo‘lishi taqiqlangan.
Shuningdek, Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi