00:31 / 25.10.2021
1 607

Xorazmda simob va platinani 530 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Xorazmda simob va platinani 530 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Xorazm viloyati Bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari va viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noyob metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Urganch shahrida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs og‘irligi 1,22 kilogramni tashkil qiluvchi 1 dona platina quymasi va salkam 514 gramm og‘irlikdagi zaharli simob moddasini sotishga uringan vaqtida ushlab qolingan.

Aniqlanishicha, u platina quymasini 30 ming dollarga, simobni har bir gramini 1000 dollardan hisoblab, jami 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qonunbuzar shaxsdan belgilangan tartibda olib qo‘yilgan noyob metallarning umumiy qiymati 1 milliard 128 million 510 ming so‘mni tashkil etgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda simob va platinani 530 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi