20:30 / 23.11.2021
4 476

«Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?» — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida

«Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?» — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Gulobod mavzesiga tashrifi davomida 41-maktabga kirdi. Prezident sport zaliga kirib, jismoniy tarbiya darsidagi bolalar va o‘qituvchilar bilan gaplashdi. Maktab oshxonasi, menyusini ko‘rdi va birma-bir surishtirdi.

«Bular endi imkoni yetgancha masalliq olib kelib, tayyorlashadi. Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday? Maktab oshxonalarining ichiga hali kirmadik. Sifati, muddati qanday, narxi — bularni tizimga solish bo‘yicha ish olib bormadik. 10 yanvarga qadar maktablar oshxonalariga sifatli, to‘yimli, balanslashtirilgan taomnoma bo‘lishi uchun ketring xizmatini autsorsing asosida tashkil qilish bo‘yicha puxta loyiha qilinglar», — dedi Prezident.

Shuningdek, maktab 2 smenali bo‘lishi uchun yangi korpus qurish bo‘yicha topshiriq berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?» — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida