Prezident tomonidan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2021 yil 23 aprelda ma’qullangan.
Qonun 7 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: noshirlik faoliyatining erkinligi; kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish; mualliflik huquqlarini himoya qilish; noshirlik faoliyati erkinligini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Noshirlik faoliyati sub’ektlari o‘z faoliyatida mustaqildir, nashrga tayyorlangan qo‘lyozmalarni va materiallarni senzuradan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, mazmuniga ko‘ra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin bo‘lgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.
Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.
Noshirlik faoliyatining sub’ektlari quyidagilardan iborat: nashriyot; tayyorlovchi; buyurtmachi; tarqatuvchi.
Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish talab etilmaydi:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini hamda boshqa hujjatlarni nashr etishda;
- respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qo‘lyozma huquqi asosida ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
- ommaviy axborot vositalari ushbu ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari tomonidan chop etilganda.
Noshirlik mahsulotini tarqatish shartnomalar asosida amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi