Hokim yordamchilari 1 yanvardan barcha mahallalarda faoliyatini boshlaydi. Ularning ishini samarali tashkil etish maqsadida joylarda vazirlik, markaziy idoralar va banklardan 1-3 nafardan mas’ul xodim biriktiriladi. Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
«Kuni-kecha har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha farmonni imzoladim.
Hokim yordamchilari 1 yanvardan barcha mahallalarda (9 ming 251 ta) faoliyatini boshlaydi. Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, bir yil davomida doimiy faoliyat yuritadigan «Mahallabay ishlash shtabi» tuziladi.
Shuningdek, har bir tuman va shaharga vazirlik, markaziy idoralar va banklardan 1-3 nafardan mas’ul xodim biriktiriladi (mahallalar soni 50tagacha bo‘lsa – 1 nafar, 100tagacha – 2 nafar, 100tadan ortiq bo‘lsa – 3 nafar, jami 342 nafar)», degan davlat rahbari.
Ular 1 yilga tumanga xizmat safariga yuboriladi va ish joyi, oylik ish haqi saqlab qolinadi. Ushbu vakillar:
- hokim yordamchilarini o‘rgatadi va ular bilan birga, mahallaning TEOsini ishlab chiqadi;
- har kuni bittadan mahallani aylanib, kamida 10ta xonadonga kiradi, odamlar bilan uchrashib, prezident siyosatini tushuntiradi, mavjud muammolarni joyida hal qiladi. Har biri mahallani aylanib, nega svet o‘chyapti, nima uchun bolalar bekorchilikdan to‘planib turishibdi, qayerda bemor bor, hammasini o‘rganib chiqadi;
- tomorqadan samarali foydalanish, aholiga parranda, qo‘y-echki, urug‘ va ko‘chatlar olib berish ishlarini tashkil etadi;
- hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bo‘yicha tuman va viloyat hokimi, mahalliy Kengashlar, vazirliklar oldiga aniq masalalarni qo‘yadi.
O‘zini yaxshi ko‘rsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanadi, yil natijalari bo‘yicha esa «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi. Shuningdek, ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratiladi.
Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman(shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi.
«Ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yishga barcha hudud va sektor rahbarlari mas’ul», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi