16:53 / 10.12.2021
2 421

«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining me’yoriy qiymatlargacha pasayishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, 10 dekabr, juma kuni respublika hududida havo harorati 16-18 daraja iliq, janubiy tumanlarda 20-21 daraja atrofida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu me’yordan 9-11 darajaga yuqoridir.

11 dekabr, shanba kuni Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi sabab Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 10-15 darajagacha iliq bo‘ladi.

12 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Kunduzi havo harorati pasayishda davom etadi va 4-9 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Bunday harorat ushbu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi