Peshlavhalar uchun ruxsat talablari bekor qilinishi mumkin

1 daqiqa o'qish146
Peshlavhalar uchun ruxsat talablari bekor qilinishi mumkin
Peshlavhalar uchun ruxsat talablari bekor qilinishi mumkin
Foto: Yandex

Tashqi reklama va yozuvlarni joylashtirish tartibi tadbirkorlar manfaatidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Tashqi yozuvlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda amaliyotda uchrayotgan tushunmovchiliklar va huquqiy bo‘shliqlarga aniqlik kiritish ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, “tashqi axborot vositasi”, “tashqi yozuv”, “peshlavha” kabi tushunchalarga aniq ta'rif beriladi. Eng muhim yangiliklardan biri — peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin.

Ya’ni, savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmat ko‘rsatish obyektlarida tashkilot nomi va faoliyat turini ko‘rsatuvchi yozuvlar reklama hisoblanmaydi. Shu sababli, ular uchun alohida ruxsatnoma olish yoki to‘lovlarni amalga oshirish talabi bekor qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, tijorat maqsadidagi reklama materiallari avvalgidek alohida tartib asosida nazorat qilinadi. Qo‘mita reklama mazmunining qonunchilikka mosligini kuzatishda davom etadi.

Mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, 10 mayga qadar takliflar qabul qilinadi. Mutasaddilar barcha tadbirkorlar va fuqarolarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?