Elektr energiyasidan qarzdorlarning mulki xatlandi

Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan majburiy ijro harakatlari boshlandi. Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda “K.Y.F” fermer xo‘jaligining 42 mln. so‘m va “U.J” fermer xo‘jaligining 40,9 mln. so‘m qarzdorligi evaziga mulklari xatlanib, jarima maydoniga kiritildi.
Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlikni undirish maqsadida bir qator fermer xo‘jaliklarining mol-mulklari xatlov qilinib, ijro harakatlari amalga oshirildi.

Jumladan, “K.Y.F” fermer xo‘jaligining 42 mln. so‘m hamda “U.J” fermer xo‘jaligining 40,9 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorligi sababli mulklari xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Mazkur choralar elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, qarzdorlikni kamaytirish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.































Izohlar 0
…