Qarzdorlik evaziga xonadon auksion savdolariga chiqarilmoqda

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish sho‘basi ish yurituviga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “W.L.” MCHJ va N.Xakimovadan, undiruvchi “Davrbank” XATB foydasiga jami 319.316,47 AQSH dollari undirish, undiruvni A.Yuldashevga tegishli 300.000 AQSH dollariga baholangan Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Sultonobod” MFY.dagi tegishli uyga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 08.04.2026 yilda ish yurituvga kelib tushgan bo‘lib, shu kunning o‘zida ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Garov mulki sifatida qayd etilgan turar-joy binosi belgilangan tartibda xatlandi.
Ayni paytda yuqoridagi xonadon “E-Auksion” savdolariga chiqarish choralari ko‘rilib, savdodan tushgan pul mablag‘lari undiruvchiga o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!