Vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bolani tok urdi

1 daqiqa o'qish147
Vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bolani tok urdi

Vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bolani tok urdi

Jizzax viloyatida selfi olish istagi yana bir ko‘ngilsiz hodisaga sabab bo‘ldi. Maktab o‘quvchisi poyezd vagoni ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan paytda kuchli elektr toki zarbasiga uchradi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 24 aprel kuni G‘allaorol tumanidagi Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan yuk vagoni ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisi aynan shu paytda yuqori kuchlanishli elektr toki ta’siriga tushgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola bo‘lib, u zudlik bilan tuman tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Hozirda u jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, bolada tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali og‘ir kuyish jarohatlari aniqlangan.

Hodisa yuzasidan viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Avvalroq Chirchiq shahrida 17 yoshli yigit ham vagon ustida tok urishi oqibatida og‘ir ahvolga tushgani xabar qilingan edi. Shuningdek, 27 aprel kuni yana ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchi ham shunday xavfli holatga duch kelgan.

Mutaxassislar temir yo‘l hududlarida, ayniqsa, yuqori kuchlanishli tarmoqlar yaqinida ehtiyotkor bo‘lish, bunday xavfli harakatlardan tiyilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?