Islom moliyasida tavarruq deb ataluvchi bitim tasvirlab berilgan. Tavarruq so‘zining o‘zagi variq bo‘lib, arab tilida “kumush” degan ma’noni bildiradi. Avvaliga bu so‘z kumushga ega bo‘lish yoki uni qidirish ma’nosida ishlatilgan, keyinroq bu so‘z kengroq, jumladan umuman har qanday pulni (kumush, oltin yoki boshqa turdagi pul birliklari) qo‘lga kiritish, egalik qilish, jalb qilish ma’nosida ishlatila boshlagan. Shunday qilib, moliya mablag‘lari jalb qilishning har qanday turi tavarruq deyiladi.
Tavarruqning ikki turi mavjud – asl tavarruq, hamda tashkillashtirilgan tavarruq. Tashkillashtirilgan tavarruq bank muassasalari tomonidan, asl tavarruq esa asosan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Tavarruq molni (mahsulotni) egasidan nasiyaga olib, boshqa birovga naqd pul evaziga sotib yuborishga aytiladi (albatta kelishilgan muddatda nasiyaga olingan molning narxi to‘lab berilishi kerak). Bu turdagi moliyaviy amaliyot naqd pulni qo‘lga kiritish niyatida amalga oshiriladi.
Bilishimizcha, hanafiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining aksar ulamolari asl tavarruqni islom huquqiga zid emas deb hisoblashadi. Zamonaviy islom huquqshunoslari ham ushbu turdagi bitimni joiz deyishadi (Islom Fiqhi Akademiyasi hijriy 1419 sana, 11-Rajab (1998 yil, 31 oktabr)da bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi majlisida tavarruq savdosining hukmi haqidagi masalani ko‘rib chiqqan va tavarruq savdosi shariat bo‘yicha joiz deb qaror chiqargan).
Asl tavarruqning joizligi uning qonuniyligi va shariatga xilof bo‘lmagan ishni amalga oshirishga imkon berishi bilan belgilanadi. Ba’zida odam moliyaviy muammoga duch keladi va shu muammoni hal qilish uchun foizsiz qarz (qarzi hasan) berib turishi mumkin bo‘lgan birorta odamni topishga qiynaladi va shunday holatda u tavarruqdan foydalanadi.
Shunday qilib, tavarruq quyidagi bir necha shartlar bajarilgandagina amalga oshirilishi mumkin:
- sotib oluvchi savdo molini birinchi sotuvchiga qayta sotmasligi kerak. Bevosita bo‘lsa ham, bilvosita bo‘lsa ham;
- mol sotilgunicha sotuvchining qo‘lida bo‘lishi, ya’ni sotuvchida molga egalik huquqi bo‘lishi kerak;
- sotilishi ko‘zda tutilayotgan mahsulot (mol) oltin, kumush yoki biror bir pul birligi (milliy yoki xorijiy valyuta) bo‘lishi mumkin emas;
- mahsulot tegishli hujjatlar asosida aniq tavsiflangan bo‘lishi kerak (raqami, ombor guvohnomasi va h.k.z.);
- mahsulotni ushlab turish uchun mijozga (xaridorga) hech narsa monelik (to‘sqinlik) qilishi kerak emas;
- birinchi sotuvchi (ya’ni molning egasi) mahsulotni qaytarib olishi mumkin emas (bu biror kelishuv asosida bo‘ladimi, odatiy amaliyotga ko‘ra bo‘ladimi farqi yo‘q);
- birinchi nasiya shartnomasi bilan keyingi naqd oldi-sotdi shartnomasi o‘rtasida hech qanday bog‘liklik bo‘lishi mumkin emas, ya’ni bitta shartnomaning bajarilmasligi ikkinchisining bajarilishiga ta’sir qilishi kerak emas.
Va nihoyat, Islom Fiqhi Akademiyasi tavarruq amaliyoti qo‘llashni, agar bunda jiddiy zarurat bo‘lmasa hech qanaqasiga rag‘batlantirmaydi. Shuningdek, Fiqh Akademiyasi tavarruqni foyda va zararga sherik bo‘lish asosida amalga oshiriluvchi boshqa turdagi islom moliya mahsulotlariga muqobil amaliyot sifatida ham taklif qilmaydi.
Manba: Islom moliyasi loyihasi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...