date

Zelenskiy: “Nega yer yuzining eng katta davlat rahbari yana bir necha kilometr yerni istaydi,tushunmayman”

Zelenskiy: “Nega yer yuzining eng katta davlat rahbari yana bir necha kilometr yerni istaydi,tushunmayman”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning o‘z lavozimida o‘lguncha qolishni istashini ta’kidladi va bunga jamoat qo‘llab-quvvati kerakligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bois Putin Ukraina urushining davom etishini xohlab, buni siyosiy manfaatlar bilan bog‘lamoqda.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, bu urush yer uchun emas, balki Ukraina mustaqilligi va xalqning haq-huquqi uchun olib borilayotgan kurashdir. «Men nega Yer yuzining eng katta davlat rahbari yana bir necha kilometr yerni istaydi, tushunmayman», — dedi u va bu nizo nihoyatda muhim degan fikrni bildirdi.

Prezident shu bilan birga jang maydonidagi ahvol haqida ham fikr bildirdi: «Biz bu urushda yutqazmayapmiz, Putin ham g‘alaba qozonmayapti. Uning armiyasi hozir zaif ahvolda. Ular hududlarimizning atigi 1 foizini egallagan, lekin buning uchun 1,3 million odamini yo‘qotgan», — deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Nega yer yuzining eng katta davlat rahbari yana bir necha kilometr yerni istaydi,tushunmayman”