4 yoshli qizcha yurib ketayotgan mashinaning eshigidan tushib ketdi

1 daqiqa o'qish2.7K
4 yoshli qizcha yurib ketayotgan mashinaning eshigidan tushib ketdi

4 yoshli qizcha yurib ketayotgan avtomobil eshigidan yiqilib tushdi

Toshkentda sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Internetda tarqalgan videolarda yurib ketayotgan avtomobilning orqa eshigi bir zumda ochilib, undan kichik qizaloq yiqilib tushayotgani aks etgan. Bu holat ko‘pchilikni hushyorlikka chaqirdi.

Voqea 9 oktyabr kuni soat 08:30 larda Sergeli tumanida, 10-sonli poliklinika qarshisida ro‘y bergan. VAZ-2115 rusumli avtomobilni 1964 yilda tug‘ilgan B.I. boshqarib kelayotgan bo‘lgan. Svetafor yashil yonishi bilan harakat boshlaganida, orqa chap eshikda o‘tirgan 2021 yilda tug‘ilgan qizaloq eshikni tasodifan ochib yuborgan va yo‘lga yiqilib tushgan.

Bobo – “Nabiramni har kuni bog‘chaga olib boraman”

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola bilan uning bobosi birga bo‘lgan. Katta yoshli erkak qizchasini bog‘chaga olib ketayotgan paytda ushbu noxush voqea sodir bo‘lgan. Uning aytishicha, har kuni ertalab soat 8:00–8:30 oralig‘ida bolani bog‘chaga olib boradi.

“Oynani yop deganimda u eshikni ochib yuboribdi. Bir zumda odamlar ‘qizingiz tushdi!’ deb baqirdi. Orqamga qarasam, nabira yo‘q. Shoshilib orqaga qaytdim. Bir kishi uni ko‘tarib turgan ekan. Yaxshiyamki, hech qaeriga zarar yetmagan. Hozir ahvoli yaxshi”, — deydi qizchaning bobosi.

Bolaning ahvoli yaxshi, tergov ishlari davom etmoqda

Yiqilish vaqtida bola mashinaning orqa qismida bo‘lgani va tezlik katta emasligi oqibatlarni yengillashtirgan. Guvohlar ma’lumoticha, bola yerga yiqilgandan keyin tezda yordam ko‘rsatilgan, shifokorlarga murojaat qilish zarurati tug‘ilmagan.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar bunday vaziyatlarda bolalarni orqa o‘rindiqda maxsus bolalar o‘tirgichi (avtokreslo)da o‘tkazish va eshiklar blokirovkasi faol holatda bo‘lishi zarurligini eslatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?