date

Piyodalar o‘tish joyida Nexia ikki maktab o‘quvchisini urib ketdi

Piyodalar o‘tish joyida Nexia ikki maktab o‘quvchisini urib ketdi

Andijon viloyatida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi, deb xabar berdi viloyat YHXB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 12 oktyabr kuni soat 14:30 larda, Andijon tumanidagi “Qurama” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 343-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1969 yilda tug‘ilgan haydovchi S.R. “Bog‘ishamol – Jalolquduq” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketar ekan, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar N.Y. va N.I.ni urib yuborgan.

Hodisa natijasida piyodalardan biri N.I. jarohat olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan. Ikkinchi piyoda N.Y. yengil jarohat olgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. YHXB aholidan piyodalar o‘tish joylarida ehtiyot bo‘lish va harakat xavfsizligini ta’minlashni so‘ramoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyodalar o‘tish joyida Nexia ikki maktab o‘quvchisini urib ketdi