12:25 / 22.03.2023
451

Yulduz Usmonova ijodi davomida necha marta konsert bergani, qo‘shiqlari soni haqida gapirdi

Yulduz Usmonova ijodi davomida necha marta konsert bergani, qo‘shiqlari soni haqida gapirdi
Foto: “Daryo”
Yulduz Usmonova so‘nggi yillarda o‘zbek shou-biznes olamidagi eng ko‘p kunlik konsert dasturini taqdim qilayotgan xonanda bo‘lib qolmoqda. U 2023 yil 16–28 fevral kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 17 seanslik navbatdagi mega dasturini o‘tkazdi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga qisqa intervyu berdi.
 
Suhbat davomida Yulduz Usmonova ijodi davomida necha kun konsert bergani, qo‘shiqlari soni va aslicha ko‘rinishdan uyalmasligi haqida gapirib berdi.
 
“Qo‘shiqlarimning sonini aniq bilmayman. Umrimda hech narsani sanamabman. Men bilan ijod boshlaganlarning ko‘plari o‘lib ketdi. Dinozavr bo‘lib ketdik shekilli. Odam olg‘a yuraverishi kerak. Konsertlarimiz, qo‘shiqlarimiz sonini bizdan keyingilar sanayversin. Biz tinmay olg‘a yuraveraylik. Sanasam joyimda qolib ketaman. Men ishimni qilaveray. Umrimda birovga bosh ko‘tarib, qarashga vaqtim bo‘lmadi. Yoshligimdan izlanish, oldinga yurish, o‘rganish bilan bandman. Lekin kam bo‘lmadim”, — deydi xonanda.
 
“Qimmat kiyinib boy bo‘lishni ham, yirtiq maykada baxtli bo‘lishni ham bilaman”
 
— Hozir ham uyda yirtiq maykalarimni rohatlanib kiyaman. Ko‘pchilik “Yulduz Usmonova uyida paxmoq shippakda, po‘rim bo‘lib yuradi” deb o‘ylaydi. Unday emas. Unday yurishni o‘ziga xiyonat qilganlar qilsa kerak. Chunki men viloyatning, qishloqning va namoz o‘qiganlarning bolasiman, mehnatkashlarning bolasiman, men ham ulardek yashayman.
 
Ko‘ngling, niyating to‘g‘ri bo‘lsa, Alloh xohlagan joyiga, xohlagan darojotiga olib chiqib qo‘yar ekan. Bundan uyalmaslik kerak. Men shu gaplarni gapirganim bilan nima “Yulduz Usmonova bo‘lmay qoldimmi?”, xudoga shukr qanchalik bo‘ynimga olayotgan bo‘lsam, shuncha Alloh yuksakka olib chiqmoqda. Tamom, gap shu, o‘zligingizdan uyalmang.
 
Kekkayib, bugun zar chopon kiyganingda, kecha yirtiq chopon kiyganingni unutma. O‘sha ham meniki edi, bu ham meniki, kecha u yerda edim, bugun bu joydaman. Lekin yana tushib qolishim mumkin, Alloh o‘zi bilguvchi, olib boraveradi. Shunda yiqilsang ham uyalmaysan, “ha nima kutgandinglar, yuryapman yiqilyapman, ishlayapman, xato qilyapman”. Inson shunaqa bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova ijodi davomida necha marta konsert bergani, qo‘shiqlari soni haqida gapirdi