Osiyo kubogi U-17 finali oldidan Ismoilov: “Qo‘rqmaymiz, g‘alaba uchun maydonga chiqamiz!”

1 daqiqa o'qish5K
Osiyo kubogi U-17 finali oldidan Ismoilov: “Qo‘rqmaymiz, g‘alaba uchun maydonga chiqamiz!”
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchimiz Sayfiddin Sodiqov final uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ismoilov: “Asosiy maqsad — xalqimizni xursand qilish”

"Finalda o‘ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik. Saudiya Arabistoni kuchli terma jamoalardan biri. Ularga qarshi ko‘p marta o‘yin o‘tkazdik. Lekin final o‘z nomi bilan final, oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Har ikki jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Asosiy maqsadimiz ertangi bahsda g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilish", - dedi jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov.

Finalga tayyorgarlik haqida

— Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Turnirda oson uchrashuvning o‘zi yo‘q. Final ham qiyin o‘tadi, sababi ruhiyat birinchi o‘ringa chiqadi. Biz futbolchilarni har tomonlama o‘yinga ideal holatda tayyorlash uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Barcha futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor holatda, baxtimizga hech bir futbolchimiz jarohat olmadi. Umid qilamizki, ertaga jamoamiz eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatib, g‘alaba qozonadi.

Final oldidan futbolchilar ruhiyati haqida

— Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz, lekin hech bir jamoadan qo‘rqmaymiz. O‘z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g‘alaba qozonmoqchimiz. Buni futbolchilarimizga ham ta’kidlab kelmoqdamiz. KXDRga qarshi bahsga ham ruhiy jihatdan ko‘proq e’tibor qaratdik. Bu yoshdagi futbolchilarda ruhiyat o‘zgaruvchan bo‘ladi. Futbolda bir holat ikkinchi bor takrorlanmaydi. Biz o‘tgan o‘yindagi natijani unutib, eng asosiy uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Sodiqov: “Ochilishda hayajon bor edi, endi o‘zimizni topdik”

"Ertangi o‘yindagi raqibimiz Saudiya Arabistoni, bu jamoa bilan bir guruhda o‘ynadik, ularni juda yaxshi bilamiz. Guruh bosqichidagi g‘alaba bizni bo‘shashtirmaydi. Finalga ruhan va jismonan tayyormiz. Ochilish uchrashuvida biroz hayajonlandik, lekin murabbiylarimiz ko‘rsatmasi bilan o‘yindan-o‘yinga o‘zimizni yaxshi his qila boshladik. G‘alaba qozonib, kubokni yurtimizga olib ketmoqchimiz", - dedi Sayfiddin Sodiqov.

Siz nima deb o‘ylaysiz: O‘zbekiston U-17 jamoasi kubokni yutib kela oladimi? Yo‘ldagi oxirgi imtihonga tayyormizmi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?