date
views 190

Tramp bojlaridan so‘ng Xitoy AQSh filmlariga cheklov joriy qildi

Tramp bojlaridan so‘ng Xitoy AQSh filmlariga cheklov joriy qildi
Xitoy Milliy kinematografiya boshqarmasi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy mahsulotlariga bojlar oshirilganidan so‘ng, mamlakatda Gollivud filmlarini import qilishni cheklashini e’lon qildi, deb Meduza.io xabar berdi.

“Biz bozor qoidalariga amal qilamiz, tomoshabin tanloviga hurmat bilan yondashamiz va AQShdan import qilinadigan filmlar sonini ma’lum darajada kamaytiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Gollivud filmlarining Xitoydagi umumiy kassabop daromaddagi ulushi bor-yo‘g‘i 5 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, Gollivud studiyalari Xitoydagi daromadning atigi 25 foizini olishadi. So‘nggi yillarda xitoylik tomoshabinlarning G‘arb filmlariga bo‘lgan qiziqishi pasaygan.

2020 yildan buyon Xitoyda kassabop tushumlarning taxminan 80 foizi mahalliy filmlarga to‘g‘ri kelmoqda (ilgari bu 60 foiz edi). 1995 yildan boshlab xorijiy filmlar uchun yillik kvota mavjud — avval 10 ta, keyinchalik 34 taga yetkazilgan.

2025 yil 9 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy uchun import bojlarini 104 foizdan 125 foizga oshirganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu qaror darhol kuchga kiradi. Tramp Xitoyni “jahon bozorlariga hurmatsizlikda” aybladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat