date

BAA termasi boshqaruvini Kosmin Olariu qabul qildi

BAA termasi boshqaruvini Kosmin Olariu qabul qildi
Jahon chempionati–2026 saralashining hal qiluvchi bosqichi oldidan O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi asosiy raqiblaridan biri — BAA termasi bosh murabbiy almashtirdi.

BAA futbol federatsiyasi rasman ruminiyalik mutaxassis Kosmin Olariuni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi.

Olariu kim?
- 55 yoshda.
- Saudiya Arabistoni terma jamoasi, “Al-Hilol”, “Al-Ayn”, “Shabab Al-Ahli” kabi klublarda ishlagan.
- Ayni paytda BAAning “Sharja” jamoasini boshqarmoqda.
- Mahalliy futbolga yaxshi tanish, mintaqada katta tajribaga ega.

“A” guruhidagi vaziyat
BAA — 8 o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda. Terma jamoa keyingi ikki uchrashuvni quyidagi tartibda o‘tkazadi:

- 5 iyun – O‘zbekistonga qarshi (o‘z maydonida)
- 10 iyun – Qirg‘iz Respublikasiga qarshi (safarda)

O‘zbekiston uchun bu nimani anglatadi?
O‘zbekiston terma jamoasi ham bu guruhda Chempionat yo‘llanmasi uchun asosiy kurashchi hisoblanadi.
BAAdagi o‘yin reshayushego bahs sifatida qaralayapti. Mutaxassis almashinuvi — jamoaga yangi ruh va sxema keltirishi mumkin.

Siz nima deb o‘ylaysiz: BAAdagi murabbiy almashinuvi – O‘zbekiston uchun qiyinchilikmi yoki imkoniyat?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA termasi boshqaruvini Kosmin Olariu qabul qildi