
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining 33-turidan oldin katta yo‘qotishga uchradi. Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Morayes safdan chiqqan.
Bu muammo haqida bosh murabbiy Xosep Gvardiola jurnalistlarga shaxsan o‘zi ma’lum qildi.
- Ederson maydondan tashqarida qancha vaqt qolishini o‘zim ham bilmayman, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Braziliyalik golkiper joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 marotaba maydonga tushdi. Bu o‘yinlardan 9 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 47 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Everton” hamda “Manchester Siti” uchrashuvi 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar