date
views 193

O‘zbekistonda Axborot kodeksi qabul qilinadi

O‘zbekistonda Axborot kodeksi qabul qilinadi
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi doirasida Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda maxsus «yo‘l xaritasi»da ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangi kodeksda insonning axborot olish va tarqatish huquqlari, erkinliklariga oid normalar tizimlashtiriladi. Shuningdek, raqamli muhitda inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun huquqiy himoya mexanizmlari kuchaytiriladi.

Axborot kodeksi qabul qilinsa, fuqarolarning axborotdan foydalanish va axborot olish huquqlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligiga oid qonunlar tizimlashtiriladi va yanada yaxshilanadi.

Saylovlarning shaffofligi uchun raqamli texnologiyalar keng joriy qilinadi. Xususan, saylovchilar ro‘yxatini elektron shaklda yuritish va uning ochiq monitoring tizimi takomillashtiriladi.

Shuningdek, E-saylov axborot tizimi ham modernizatsiya qilinadi va yanada takomillashtiriladi. Bunda fuqarolarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki yanada qulaylashtiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Axborot kodeksi qabul qilinadi