date
views 43

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirishga oid yangi farmon qabul qilindi

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirishga oid yangi farmon qabul qilindi
Prezidentning «Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, mamlakat ichki bozorida raqobat muhitini yaxshilash maqsadida qator yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan:

🔸 Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994 yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha General kelishuv (GATT) va mazkur kelishuvning VII-moddasi talablariga to‘liq moslashtiriladi;

🔸 Bojxona qiymatini belgilash jarayonida har qanday imtiyoz yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruv tartiblari bekor qilinadi.

Bundan tashqari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan tovarlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Ularning xavfsizligini tasdiqlash uchun muvofiqlik deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2025 yilning 1 mayidan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi va bu jarayon elektron ko‘rinishda, Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: bu o‘zgarishlar tadbirkorlik muhitini yanada ochiq va xalqaro mezonlarga moslashtiradimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirishga oid yangi farmon qabul qilindi