Mrs. Globe International-2025 go‘zallik toji hindistonlik Anurada Gargga nasib etdi

1 daqiqa o'qish13.6K
Mrs. Globe International-2025 go‘zallik toji hindistonlik Anurada Gargga nasib etdi
Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tgan Mrs. Globe International-2025 xalqaro go‘zallik tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlovda 80 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilar jam bo‘lishdi.

Bu yil tanlovning bosh tojiga Hindistondan kelgan 15 yillik tajribaga ega moliyachi va ayollar huquqlari faoli Anurada Garg loyiq deb topildi. Anurada uchun bu g‘alaba yangi emas: u avvalroq Mrs. India Globe 2024 milliy tanlovida g‘alaba qozonib, xalqaro musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

G‘oliblikdan so‘nggi chiqishida Anurada Garg shunday dedi:

“Men bu tojni Hindistonga olib kelishdan g‘ururlanaman. Tanlovda qatnashish men uchun faqat unvon yoki toj uchun emas, balki butun dunyoga ayollarning kuchini, irodasini va qat’iyatini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. Men shu orqali ayollarni o‘z kuchlariga ishonishga ilhomlantirmoqchiman”.

Anurada Garg kasbi bo‘yicha moliya sohasidagi yirik banklar va sug‘urta kompaniyalarida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga u yoga, meditatsiya, raqs va moda bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiy shiori juda ta’sirchan:

“Haqiqiy go‘zallik — bu ishonch, mehr-oqibat va samimiyatdadir”.

Eslatib o‘tamiz, Mrs. Globe go‘zallik tanlovi 1996 yildan buyon tashkil etilib, o‘z hayotini topgan, shu bilan birga boshqalarni ilhomlantiruvchi va rivojlantiruvchi ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov qatnashchilari o‘zining hayotiy qadriyatlari, liderlik qobiliyatlari va ijtimoiy faolligini namoyish etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?