Toshkentda narkotik iste’mol qilgan haydovchi avtohalokatga sababchi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish951
Toshkentda narkotik iste’mol qilgan haydovchi avtohalokatga sababchi bo‘ldi
2024-yil 19-aprel kuni soat 07:30 atrofida Toshkent shahri Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi SBDD DOB IIV matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga ko‘ra, “Lacetti” avtomobilini boshqargan ayol ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qochishga uringan. Qochish davomida u yo‘lda o‘nlab avtomobillarga urilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 30 ta avtomobil zarar ko‘rgan.

Voqea guvohlari tomonidan avtomobil to‘xtatilgan, haydovchi ayol mashinadan kuch bilan chiqarilib, huquq-tartibot xodimlari kelguniga qadar ushlab turilgan. Tekshiruvlar davomida haydovchi va uning yo‘lovchilari narkotik moddalar iste’mol qilgani aniqlangan. Bundan tashqari, haydovchining haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (“Bezorlilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Haydovchi va uning yo‘lovchisi protsessual tartibda qo‘lga olingan. Ularni 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?