
Dunyo futboli yulduzi, gollar mashinasi, brendlarga yuz — Krishtianu Ronaldu endi ekranlarda ham o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Ammo bu safar futbol maydonida emas, balki kinematografiya olamida!
Ronaldu va rejissyor Vondan kino olamiga katta loyiha
Mashhur Variety nashrining yozishicha, Krishtianu Ronaldu mashhur britan rejissyori va prodyuseri Mettyu Von bilan birga yangi kinostudiya tashkil etdi. U “UR•Marv” deb nomlanadi va kino yaratishda an’anaviy va innovatsion usullarni uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan.
Ta’kidlanishicha, studiya allaqachon ikkita jangari film suratga olishni yakunlab bo‘lgan. Bu esa Ronalduning kino biznesiga jiddiy qadam qo‘yayotganini ko‘rsatadi.
Mettyu Von kim?
Agar bu nom sizga tanish tuyulsa, ajab emas — aynan shu inson "X-Men: O‘tmish kunlari kelgusi", "Yulduz changi" va boshqa blokbasterlar orqali millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan.
Ronaldu multfilm va o‘yinlarda ham chiqmoqda
Kino loyihalardan tashqari, Ronaldu yaqinda Fatal Fury: City of the Wolves nomli jangovor o‘yinida o‘z personajiga ham ega bo‘ldi. Endi uni nafaqat maydonda, balki o‘yinlar va ekranlarda ham ko‘rishingiz mumkin!
Ronaldu faqat futbolchi emas!
Krishtianu Ronaldu nafaqat sportda, balki media va kino industriyasida ham o‘z o‘rnini topmoqda. Muxlislar uchun bu yana bir qiziq sohada o‘z kumirini kuzatish imkoniyati bo‘ladi. Balki tez orada uni aktyorlik mahoratda ham ko‘rarmiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!