«28 yil o‘tgach: Suyaklar ibodatxonasi» AQShda ilk filmga nisbatan sustroq start oldi

«28 yil o‘tgach: Suyaklar ibodatxonasi» filmi AQSh kinoteatrlarida kutilganidan pastroq natija qayd etdi. Holywood Reporter ma’lumotiga ko‘ra, kartina dastlabki uch kun ichida 13 million dollar yig‘di.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yil iyunida chiqqan birinchi qism prokatni 30 million dollar bilan boshlagan edi. Mutaxassislar yangi film kassasiga ikki reliz oralig‘ining juda qisqa bo‘lgani ta’sir qilganini aytmoqda: davomi ilk qismdan atigi yarim yil o‘tib taqdim etilgan.
Shunga qaramay, Reyf Faynsning ishtiroki va Killian Merfining kutilmagan chiqishi keyingi haftalarda filmga barqaror tomoshabin oqimini ta’minlashi mumkin. Sony esa trilogiyani yakunlash rejasidan voz kechmagan.
Suratga olish ishlari Angliyaning Nortumberlend grafligi hamda Yorkshir-Deylz vodiysida olib borilgan. Film uchun u yerda suyaklardan yasalgan ulkan ibodatxona dekoratsiyasi ham maxsus barpo etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!