Muxlislar quvonchda: Yulduz Usmonova Dubay sahnasida

Xonanda Yulduz Usmonova muxlislariga quvonchli xushxabar bilan bo‘lishdi. U 26 mart kuni Dubay shahrida yakkaxon konsert berishini ma’lum qildi.
Xonanda bu haqda shunday dedi:
“26 mart kuni Dubayda Yulduz Usmonovaning konserti bo‘lib o‘tadi. Albatta, Dubay havosida, dengiz havosida uchrashamiz. Juda go‘zal, juda boshqacha konsert bo‘ladi, degan umiddaman. Qo‘shiqlar ham o‘zgacha yangrasa kerak. Hammangizni kutib qolamiz. Bu go‘zal xabar hammangiz uchun. Inshaalloh, ko‘rishguncha!”
Muxlislar ushbu yangilikni katta quvonch bilan qarshi olib, konsert juda chiroyli va yuqori saviyada o‘tishiga ishonishlarini bildirishdi. Shuningdek, ular konsertda ishtirok etish nasib qilishini tilab, izohlarda iliq tilaklar qoldirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing