Qo‘ylarga ham tinchlik yo‘q: Jahongir Otajonovdan kutilmagan holat

O‘zbek estradasining eng shov-shuvli ijodkorlaridan biri Jahongir Otajonov yana jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. Bu safar xonanda noodatiy videosi bilan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Tarqalgan videoda Jahongir Otajonov qo‘yning ustiga minib olgan holda kameraga qarab: “Humo arenadagi konsertimga ketvommiz”, — deya hazil aralash izoh beradi. Ushbu lavha qisqa fursatda internetda keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Kimdir buni oddiy hazil va PR deb baholagan bo‘lsa, boshqalar xonandaning navbatdagi “kutilmagan chiqishi” sifatida qabul qildi.
Shu bilan birga, Jahongir Otajonov mazkur video orqali muxlislariga muhim yangilikni ham eslatdi. Uning aytishicha, 10 aprel kuni “Moda” nomli yangi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Eng muhim jihati — konsert to‘liq jonli ijroda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
