date

Kutilmagan sovg‘a: Sevinch Ismoilova yangi mashinali bo‘ldi

Kutilmagan sovg‘a: Sevinch Ismoilova yangi mashinali bo‘ldi

O‘zbek estradasining sevimli xonandalaridan biri — Sevinch Ismoilova — yangi avtomobil sohibasiga aylandi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida samimiy post bilan muxlislarini xabardor qildi.

Xonandaning yozishicha, kun konsert tashvishlari va to‘xtovsiz ishlar bilan nihoyatda charchoqli o‘tgan. Uyga qaytgan paytida esa jamoasi uni kutilmagan sovg‘a bilan xursand qilgan. “Nima deyishniyam bilmiman, ichim to‘la Sevinch”, — deya his-tuyg‘ularini yashirmadi u.

Sevinch Ismoilova jamoasini “ishdagi oilam” deya atab, ularga behisob shukronalar bildirdi. Shuningdek, u barchani ezgu niyatdan qaytmaslikka chaqirib, “orzular amalga oshish xususiyatiga ega”, degan ilhomlantiruvchi fikrni ham ulashdi.

Samimiy post qisqa fursatda muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. Ko‘plab tabriklar va ezgu tilaklar xonandaning mehnati va sadoqatli jamoasi borligini yana bir bor tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Kutilmagan sovg‘a: Sevinch Ismoilova yangi mashinali bo‘ldi