Oskar Uayld saqlangan qamoqxona rassomlar uchun boshpanaga aylantiriladi

Reding shahridagi sobiq qamoqxona Ziran Educational Foundation fondi tomonidan sotib olindi, deb xabar berdi Weekend. Aynan shu muassasada 1895–1897 yillarda yozuvchi Oskar Uayld jazo o‘tagan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Yangi loyiha ta’qib va bosimga uchrayotgan ijodkorlar uchun xavfsiz makon bo‘lishi ko‘zlanmoqda. Fond bu yerda san’at markazi hamda butik-mehmonxona ochishni rejalashtirgan.
Fond joriy yozda rekonstruksiya bo‘yicha konsepsiyani taqdim etadi: loyihaga ko‘ra, sobiq kameralar ko‘rgazma zallari va ijod studiyalariga aylantiriladi. Me’morlar viktorian davridagi qamoqxona qiyofasini saqlab qolib, uning og‘ir tarixini zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishni va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uayldning ikki yillik qamoqdagi hayoti keyinchalik uning mashhur “Reding qamoqxonasi balladasi” asariga ilhom bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!