date

“Sehrli qalpoqcha” filmi aktyori Bunyod Rahmatullayev hozir qayerda va nima bilan band?

“Sehrli qalpoqcha” filmi aktyori Bunyod Rahmatullayev hozir qayerda va nima bilan band?

Bir paytlar tomoshabinlar qalbini larzaga keltirgan “Yig‘lamagin” va “Sehrli qalpoqcha” filmlari orqali tanilgan aktyor Bunyod Rahmatullayev bugun ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi: u hozir qayerda va nima bilan band?

Aktyorning aytishicha, u ilk bor 2009 yilda suratga olingan “Yig‘lamagin” filmida atigi 9 yoshda rol ijro etgan. Dastlab film uchun kastingdan boshqa nomzod o‘tgan bo‘lsa-da, keyinchalik marhum ustoz rejissyor Shuhrat Abbosov kastingni qayta ko‘rib chiqib, aynan Bunyodni tanlagan.

“Ustozim ko‘zlarimda ma’yuslik, ichki iztirob ko‘proq sezilishini aytib, meni tasdiqlaganlar”, — deydi aktyor.

Oradan yillar o‘tib, tomoshabinlar orasida “Nega Bunyod Rahmatullayev kinoda ko‘rinmayapti?” degan savol ko‘p yangray boshladi. Bu savolga aktyorning javobi aniq va samimiy:

“Bugungi kunda logistika sohasida ish yuritaman. Lekin kinodan ketganim yo‘q. Agar yaxshi, mazmunli obrazlar bo‘lsa, albatta yana rol ijro etaman.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Sehrli qalpoqcha” filmi aktyori Bunyod Rahmatullayev hozir qayerda va nima bilan band?