date

Otabek Mutalxo‘jayevni mashhur qilgan qo‘shiq qaysi? Xonandaning javobi

Otabek Mutalxo‘jayevni mashhur qilgan qo‘shiq qaysi? Xonandaning javobi

Xonanda Otabek Mutalxo‘jayevdan: “Qo‘shiqlaringiz orasida sizga haqiqiy mashhurlik olib kelgan tarona qaysi?” degan savol berildi. San’atkor bu savolga hech ikkilanmasdan javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni deyarli barcha yaxshi biladi. Otabek Mutalxo‘jayev uchun hal qiluvchi qo‘shiq — 2007 yilda chiqqan “Hazon” nomli tarona bo‘lgan. Xonandaning ta’kidlashicha, aynan shu qo‘shiqdan keyin uning hayoti butunlay boshqacha yo‘lga tushgan.

“Hazon” qo‘shig‘i orqali san’at olamida unga ko‘plab eshiklar ochilgan, gastrollar, katta sahnadagi konsertlar va muxlislar muhabbati boshlangan. Mazkur tarona xonandaning ijodiy faoliyatida yangi bosqichga o‘tish nuqtasi bo‘lib xizmat qilgani aytib o‘tildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Otabek Mutalxo‘jayevni mashhur qilgan qo‘shiq qaysi? Xonandaning javobi