date

Sovuq sabab metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi

Sovuq sabab metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi

Havo harorati pasayib ketgani sababli metan “zapravka”lar faoliyatiga yana vaqtincha cheklov joriy etildi. Bu haqda bugun, 20-yanvar kuni Energetika vazirligi rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, aholi va iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi hozirda 24 soatlik kuchaytirilgan ish tartibida faoliyat yuritmoqda. Hududlarda ishlarning borishi doimiy ravishda nazorat qilinayotgani, yuzaga kelayotgan turli nosozliklar esa imkoni boricha tezkorlik bilan bartaraf etilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, vazirlik ma’lumotida havo haroratining keskin pasayishi tufayli tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortgani aytiladi. Natijada gaz tarmoqlarida talab ko‘payib, quvurlarda gaz bosimi ham tushib ketgan.

“Shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun gaz ta’minotini barqaror saqlashga qaratilgan. Vazirlikning bildirishicha, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishi mumkin. Hududlardagi holatdan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumotlar ham taqdim etilishi aytilgan.

Shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanishi qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sovuq sabab metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi