date

Qo‘shiqsiz o‘tgan yillar: Feruza Jumaniyozova 18 yil qanday yashadi?

Qo‘shiqsiz o‘tgan yillar: Feruza Jumaniyozova 18 yil qanday yashadi?

O‘zbek estradasining yoqimli ovoziga ega bo'lgan — Feruza Jumaniyozova ijodiga qo‘yilgan tanaffus davrida qanday hayot kechirgani haqida ochiq so‘zladi. Xonanda bergan intervyusida 18 yil davomida sahnadan uzoq bo‘lganini va bu vaqtni to‘liq oilaga bag‘ishlaganini ta’kidladi.

“Tanaffusda faqat yeb-ichdim, dunyo kezdim, aylandim, bolam bilan shug‘ullandim — bo‘ldi, faqat shu. 18 yil shu ishni qildim. Onam bilan mazza qildim, bolam bilan mazza qildim, uy bekaligi bilan yashadim”, — deydi u.

Feruza Jumaniyozovaning aytishicha, bu yillar davomida u deyarli qo‘shiq aytmagan, konsertlar va ijodiy faoliyatdan uzoq bo‘lgan. “Faqat ovqatlar pishirdim, umuman qo‘shiq aytmadim. To‘ylarga ham har zamonda bitta qo‘shiq chiqarib qo‘yardim, o‘sha qo‘shiqlarimni qayta-qayta kuylayverdim. To‘ychixon — mening ismim”, — deya samimiy tan oldi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Qo‘shiqsiz o‘tgan yillar: Feruza Jumaniyozova 18 yil qanday yashadi?