date

Mavluda Asalxo‘jayeva yangi qo‘shiq premyerasini e’lon qildi (video)

Mavluda Asalxo‘jayeva yangi qo‘shiq premyerasini e’lon qildi (video)

Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva o‘zining Instagram sahifasida muxlislarini quvontirgan yangilik bilan bo‘lishdi. U tez kunlar ichida yangi qo‘shig‘ini taqdim etishini ma’lum qilib, navbatdagi premyera ustida qizg‘in ishlar olib borilayotganini bildirdi.

San’atkorning ushbu posti muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Qisqa vaqt ichida post ostida iliq izohlar, tabriklar va qo‘shiqni intiqlik bilan kutyotganlikni ifodalovchi fikrlar qoldirildi. Ko‘plab muxlislar xonandaning yangi ijodiy ishi yanada omadli bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumki, Mavluda Asalxo‘jayeva o‘zining samimiy qo‘shiqlari va yurakka yaqin ijrosi bilan muxlislar mehrini qozonib kelmoqda. Shu bois yangi qo‘shiq ham tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutilayotgani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mavluda Asalxo‘jayeva yangi qo‘shiq premyerasini e’lon qildi (video)