“Yengilmas. Tokioga yo‘l”: Bahodir Jalolovga bag‘ishlangan film premyerasi (video)

Kecha, 3 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida eng kutilgan va sport ahli tomonidan intizorlik bilan kutilgan premyera bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayot yo‘li va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasiga bag‘ishlangan badiiy film taqdim etildi.
“Yengilmas. Tokioga yo‘l” nomli film taqdimoti nafaqat muxlislar, balki nufuzli mehmonlar va sport olami vakillari tomonidan ham kuzatildi. Mazkur film boks muxlislari uchun muhim va ilhom beruvchi voqealarni o‘z ichiga oldi.
Taqdimotda qator mashhur shaxslar ishtirok etdi: Otabek Umarov — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Oybek Kasimov — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi, Saken Polatov — O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari va “Asian Boxing” tashkiloti vitse-prezidenti, Shohid Tillaboyev — O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi va “Asian Boxing” tashkiloti “Sport va musobaqalar” komissiyasi raisi. Shuningdek, To‘lqin Qilichev — O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi hamda bokschilar va ularning oilalari ham ishtirok etishdi.
Taqdimotda sport va sanʼat olamidagi ko‘plab yulduzlar ham o‘z ishtirokini taʼminladi. Bu kabi tadbirlar nafaqat muxlislar uchun, balki yosh avlod sportchilari va sanʼat muxlislari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi bu haqda rasmiy maʼlumot berib, filmning nafaqat Bahodir Jalolov hayoti, balki butun mamlakatimiz sporti uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Bu film nafaqat muxlislar uchun qiziqarli, balki sport va shaxsiy maʼnaviy rivojlanish uchun ham ahamiyatli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!