date

AQSHlik aktrisa “Avatar” filmida o‘z qiyofasidan ruxsatsiz foydalanishgani uchun Jeyms Kemeron va Disney'ni sudga berdi.

AQSHlik aktrisa “Avatar” filmida o‘z qiyofasidan ruxsatsiz foydalanishgani uchun Jeyms Kemeron va Disney'ni sudga berdi.

Amerikalik aktrisa K'Orianka Kilcher Jeyms Kemeron va Disneyni sudga berib, o‘z tashqi ko‘rinishidan “Avatar” franshizasi qahramoni Neytirini yaratishda ruxsatsiz foydalanilganini da’vo qildi. Bu sud jarayoni haqida The New York Times xabar berdi.

Sud hujjatlarida aytilishicha, Kemeron Neytiri personajining dizayni uchun Kilcherning o‘smirlikdagi suratini asos qilib olgan. Shikoyatda qahramon yuzining pastki qismidagi xususiyatlar — lablar, iyak, jag‘ chizig‘i va og‘iz shakli aynan Kilcherga tegishli ekani ta’kidlangan.

K'orianka Kilcherning aytishicha, 2010 yilda Kameron xayriya tadbirida u bilan tasodifan uchrashib qolganida, Neytirining tashqi qiyofasini yaratishda u “dastlabki ilhom manbai” bo‘lganini aytgan. Biroq o‘shanda aktrisa bu so‘zlarni yuzining to‘liqligi ko‘chirilgani deb qabul qilmagan.

Da’vo arizasiga ko‘ra, vaziyat Kameronning 2024 yilda fransuz nashriga bergan intervyusidan so‘ng oydinlashgan. Kilcherning ta’kidlashicha, o‘shanda rejissyor aktrisaning nomini tilga olib, Neytiri tasviriga ishora qilgan va: “Bu, aslida, uning yuzining pastki qismi”, degan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, shundan keyin u sudga murojaat qilishga qaror qilgan.

Kilcher qiyofasidan ruxsatsiz foydalanish orqali olingan “barcha daromad”ni ham o‘z ichiga olgan tovon puli talab qilmoqda. Ayol o‘z da’vosida, jumladan, Kaliforniyadagi shaxsning roziligisiz uning qiyofasidan foydalanishga e’tiroz bildirish huquqini beruvchi “Ommaviy qiyofa huquqi to‘g‘risida”gi qonuniga tayanadi.

Hozirga qadar Disney kompaniyasi, Kemeron va uning vakillari aktrisaning da’vosiga izoh berishmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » AQSHlik aktrisa “Avatar” filmida o‘z qiyofasidan ruxsatsiz foydalanishgani uchun Jeyms Kemeron va Disney'ni sudga berdi.