Jahongir Otajonovning rangli bo‘yoqlardan foydalanilgan sahna ko‘rinishi barchani lol qoldirmoqda

Xonanda Jahongir Otajonov Humo Arena majmuasida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida muxlislariga noodatiy sahna ko‘rinishini taqdim etdi.
San’atkor ushbu chiqishi orqali ayollarni tabiiy go‘zallikni asrashga chaqirmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. Konsert davomida u turli rangli bo‘yoqlardan foydalanib, sahnada o‘ziga xos sahna ko‘rinish namoyish qildi.
Bo‘yoqlar nafaqat uning yuziga, balki kiyimlariga ham to‘kilgani tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Ushbu sahna ko‘rinishi zaldagi muxlislarni hayratda qoldirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar esa qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayrim foydalanuvchilar bu chiqishni san’atkorning ijodiy yondashuvi sifatida baholayotgan bo‘lsa, boshqalar uni chuqur ma’noga ega performans deb atashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!