Janubiy koreyalik mashhur aktrisa qizil yo‘lakda bir vaqtning o‘zida ikki marta yiqilib tushdi

Seul shahrida bo‘lib o‘tgan 62 Baeksang Arts Awards taqdirlash marosimida janubiy koreyalik mashhur aktrisa Shin Xyon Bin bilan kutilmagan holat yuz berdi.
Qizil yo‘lakdan o‘tayotgan vaqtda aktrisa uzun binafsha rangli libosiga o‘ralib qolib, bir necha soniya ichida ikki marta yiqilib tushgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u muvozanatni saqlashga uringani, ammo ko‘ylak uzunligi harakatlanishni qiyinlashtirgani ko‘ringan.
Muxlislar va tadbir mehmonlari aktrisaga yordam berish uchun darhol uning oldiga kelgan.
Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dastlab uning holatini noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lsa-da, keyinroq aktrisaning mast bo‘lmagani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, noqulay vaziyatga faqat libos dizayni va uning uzun qismi sabab bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!