Vlad Bikov O‘zbekistonda trendini Shahlo Zoirova bilan qayta jonlantirdi (video)

Internetda o‘zining noodatiy uslubi bilan tanilgan Vlad Bikov O‘zbekistonga tashrif buyurib, ilgari ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan mashhur trendini yana bir bor takrorladi.
Bu safar u o’zining mashhur shousini o’zbek muhitida o’ziga xos shippaklar bilan sahnalashtirdi. Xususan, o‘zbek aktrisasi Shahlo Zoirova bilan birgalikda sahnalashtirilgan video muxlislar e’tiborini tezda tortdi. Ular trendni o‘zbekona ruhda, kulgili va biroz noodatiy uslubda qayta ishlashgan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda juda tez tarqalib, qisqa vaqt ichida 5 millionga yaqin ko‘rishlar soniga yetdi. Foydalanuvchilar esa izohlarda hazilomuz va iliq fikrlar qoldirib, bu hamkorlikni “kutilmagan, lekin yoqimli kombinatsiya” deb ta’riflashmoqda.
Umuman olganda, Vlad Bikovning bu chiqishi internet trendlarining turli madaniyatlarda qanday yangicha ko‘rinish olishini yana bir bor ko‘rsatib berdi.