Xiaomi 17 Ultra sotuvlari iPhone 17 Pro Max bilan raqobatlasha olmayapti

1 daqiqa o'qish258
Xiaomi 17 Ultra sotuvlari iPhone 17 Pro Max bilan raqobatlasha olmayapti

Xiaomi 17 flagmanlar seriyasi sotuvlari 5 millionlik marraga yaqinlashmoqda. 2026-yilning 18-haftasi holatiga ko‘ra, mazkur turkumdagi qurilmalar sotuvi 4,73 million donani tashkil etdi. Shu bilan birga, Xiaomi 17 Ultra modeli 207 ming dona sotilishiga erishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq Xiaomi 17 seriyasi sotuvga chiqqanidan keyin atigi 5 kun ichida 1 milliondan ortiq nusxada sotilgani xabar qilingandi. Kompaniya rahbari Ley Szun ushbu ko‘rsatkichni tasdiqlab, mazkur turkum 2025-yildagi eng muvaffaqiyatli xitoylik flagmanlardan biri bo‘lganini ta’kidlagan edi.

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi flagmanlarini Xitoy bozorida iPhone 17 seriyasining asosiy raqobatchisi sifatida taqdim etgan bo‘lsa-da, haqiqiy vaziyat boshqacha. Apple mahsulotlari sotuv hajmi bo‘yicha raqobatchisidan sezilarli darajada oldinda.

Mart oyi boshiga kelib, Xitoyda iPhone 17 seriyasidagi smartfonlar 24 million donadan ortiq sotilgan. Eng ommabop model esa iPhone 17 Pro Max bo‘lib, u sotuvga chiqqanidan keyin 150 kun ichida 10 million faollashtirilgan qurilma ko‘rsatkichini ortda qoldirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?