10:49 / 05.03.2018
4 975

Oskar-2018: Ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi

Oskar-2018: Ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi
AQSHda 90-marta o‘tayotgan “Oskar” kinomukofotlari taqdimotida ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi. “Oskar” mukofoti 24 yo‘nalish bo‘yicha o‘z egalariga topshiriladi.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol rol” uchun mukofot “Tonya barchaga qarshi” filmida rol ijro etgan aktrisa Ellison Jenniga topshirildi.

Ushbu yo‘nalishda mukofot uchun, shuningdek, aktrisalar Meri Jey Blayj (“Madbaund fermasi”), Oktaviya Spenser (“Suv shakli”), Lori Metkalf (“Byord xonim”) va Lesli Menvill (“Ko‘rinmas rishta”) ham da’vogarlik qilgandilar.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak rol” uchun mukofot “Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmida rol ijro etgan aktyor Sem Rokuellga nasib qildi.

Foto: AP Photo / Chris Pizzello
Ushbu yo‘nalishda mukofot uchun, shuningdek, aktyorlar Uillem Defo va Vudi Xarrelson (“Ebbing chegarasidagi uch bilbord ”), Richard Jenkins (“Suv shakli ”), Kristofer Plammer (“Dunyoning barcha pullari”) ham da’vogarlik qilgandilar.

Foto: AP Photo / Chris Pizzello
“Koko siri” multfilmi eng yaxshi to‘liq metrajli multfilm yo‘nalishida “Oskar”ga loyiq topildi.

“Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film” yo‘nalishida esa Milliy basketbol uyushmasining 5 karra chempioni Kobi Brayantning “Qadrdon basketbolchi” filmi haykalcha bilan taqdirlandi.

Foto: AP Photo / Chris Pizzello
Ryojissyor Brayan Fogelning “Ikar” hujjatli filmi ham “Oskar”siz qolmadi. Ushbu filmda Rossiyadagi doping-mojaro haqida so‘zlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oskar-2018: Ilk haykalchalar o‘z egalariga topshirildi