22:18 / 21.06.2018
6 691

Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)

Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)
Kuni kecha iste’dodli xonanda Xadicha “Yolg‘iz qiz” nomli yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi.

Klip jarayonlari uch kun davomida poytaxtimizning turli go‘shalarida bo‘lib o‘tdi. Tasvirga olish maydonchasiga kelib, ijodkorlarning ishini kuzatdik, so‘ng xonanda Xadichani suhbatga chorladik.
– “Yolg‘iz qiz” qo‘shig‘ining g‘oyasi o‘zimga tegishli, oilada yolg‘iz qiz farzand bo‘lganim uchun bu mavzu menga begona emas. Qo‘shiq g‘oyasini iste’dodli shoir Hushnud Darveshga aytganimda, “xo‘p” dedi-yu, ertasigayoq she’rni jo‘natdi, – deydi Xadicha.
Dardli she’rga musiqa bastalashni yosh bastakorlardan biri Shohjahon Ergashev uddaladi. Endi navbat unga mos klip surtaga olishga keldi. Klip rejissyori Jamshid Isakxo‘jayev, operator Jasur Shametov bilan hamkorlikda syujet janridagi videolavha suratga olindi.

– Klipga yosh iste’dodli, debyutant aktyorlarni taklif etdik. Uni rang-barang, tabiiy fonlar bilan boyitish uchun universitet, talabalar yotoqxonasi, temir yo‘l kabi bir nechta ob’ektlarni tanladik, – deydi klip rejissyori Jamshid Isakxo‘jayev.
Klip syujeti haqida ko‘p gapirmaymiz. Yaxshisi, premerani kuting va xolis bahoni o‘zingiz bering!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)