Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston vakillari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro moda haftaligida ishtirok etdi.
Taraz shahrida tashkil etilgan “Aspara Fashion Week” Xalqaro moda haftaligi o‘zbekistonlik dizaynerlarning ishlari AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Hindiston, Gruziya, Xitoy, Gollandiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tadbir doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi “ATAMEKEN” tadbirkorlar palatasi hududiy bo‘limi va “Qozog‘iston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi” Respublika nodavlat jamoat tashkiloti rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi doirasida qo‘mita ta’sischiligida tashkil etilgan “Nafis Travel” MChJ bilan Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyati “Ichki va tashqi turizm assotsiatsiyasi” hamda “Jambil Turizm sanoati assotsiatsiyasi” o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi