16:04 / 10.12.2018
3 919

Olimlar musiqa tarixidagi eng tinchlantiruvchi kuylarni aniqlashdi

Olimlar musiqa tarixidagi eng tinchlantiruvchi kuylarni aniqlashdi
Buyuk Britaniyadagi "Mindlab International" universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida musiqa tarixidagi eng tinchlantiruvchi kuylar ro‘yxati tuzildi. Unga ko‘ra birinchi o‘rinni "Marconi Union" guruhining “Vaznsizlik” kuyi egallagan. Bu qo‘shiq "Marconi Union" guruhi tomonidan ovoz operatorlari bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Mazkur tajribani o‘tkazishga bugungi odamlarning ish joyidagi stresslar tufayli qandli diabet, alsgeymer yoki grippga ko‘proq chalinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Musiqa insonning kayfiyatiga yaxshi yoki yomon ta’sir qilish darajasiga ko‘ra eng yaxshi davo usullaridan biri sifatida ko‘rilgani uchun tajriba jarayonida tadqiqotchilar bir guruh ko‘ngillilarga qisqa muddat ichida bir qancha boshqotirmalar yechish topshirig‘ini bergan. Shu orqali ishtirokchilarning stress holati oshirilgan.

So‘ng stress holatidan chiqarish uchun ularga bir nechta trek eshittirilgan. Kuzatuv jarayonida olimlar stressning asosiy ko‘rsatkichlari – qon bosimi, nafas olish ritmi va yurak urishining o‘zgarishini o‘lchab borishgan.

Tadqiqotda qatnashgan doktor Devid Lyuis-Xojonning aytishicha, barcha kuylar orasida "Vaznsizlik" shu darajada ta’sirli bo‘lganki, tajriba ishtirokchilaridan ko‘pchiligining uyqusi kelgan. "Shuning uchun bunday musiqalarni haydovchilar mashinalarini boshqarib ketayotganida tinglamagani ma’qul", – deyishmoqda tadqiqotchilar.

Tajriba natijasi sifatida tinchlantiruvchi musiqalarning o‘ntaligi ham tuzib chiqildi. Ular orasida Ryu dyu Sopeyning "Biz ucha olamiz", Motsartning "Kansionetta Sullariya", Adelning "Senga o‘xshash kimdir" kuylari ham bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)